Dehlida “Hindiston-Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo’lib o’tadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, shu yilning 19-20-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Dehli shahriga tashrif buyuradi.

Tadbir ishtirokchilari Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, Muloqotning institutsional asoslarini mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari, mintaqalararo o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.