Xitoyning eng keksa fuqarosi Alimxan Seyti shu hafta Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida 135 yoshida vafot etdi.

Foto: RIA Novosti

“Xitoydagi eng keksa fuqaro Alimxan Seyti 16-dekabr kuni 135 yoshida Qashqarda vafot etdi”, deyiladi Qashqar hukumati bayonotida. 

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, u 1886-yil 25-iyunda tug‘ilgan, Qashqar okrugi, Yangishar uyezdi, Kumusherik qishlog‘ida yashagan. 2013-yilda u Xitoy gerontologlar va geriatrlar uyushmasi tomonidan tuzilgan XXRning eng keksa aholisi ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan. 

Nabirasining so‘zlariga ko‘ra, u o‘limigacha juda oddiy turmush tarzini olib borgan, hovlisida qo‘shiq aytishni va quyoshda isinishni yaxshi ko‘rgan, u doimo quvnoq va ko‘p kulib yurgan.