Xitoy 2026-yilga borib Oyga taykonavtlarni jo‘natishda foydalaniladigan raketa parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda SpaceNews xabar berdi.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, yangi raketa kerosin va suyuq kislorodda ishlaydigan dvigatellarga ega bo‘ladi. 

SpaceNews ma’lumotiga ko‘ra, u Oy orbitasiga 27 tonnagacha yukni olib chiqa oladi. Raketaning balandligi 90 metrni tashkil etadi.

Shuningdek, Xitoyda fazoviy raketalarni uchirish uchun maxsus suzuvchi kosmodrom qurilayotgan.