Sudlanuvchi ayoli uning aytganini qilmagani uchun qo‘lidagi go‘dakni tortib olib, boshi bilan yerga urgan. Voqea tafsilotlari ma’lum qilindi.

Foto: Skrinshot

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida erkak va uning shar’iy nikohidagi xotini ijarada yashashgan.

Qotillik bo‘lgan kuni ayol va erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Ayol erining aytganini qilmagani uchun sudlanuvchi uning qo‘lidagi 1 yoshga to‘lmagan bolani olib, uning boshi bilan yerga bir necha marta urgan.
Natijada, go‘dak voqea joyida vafot etgan.

Sudlanuvchi esa qochib ketgan. Sud zalida sudlanuvchi aybini tan olmay, o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblarni rad qildi. Guvohlar voqeani aytib berishdi.

Guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari bir xil chiqdi. Tergov davomida sudlanuvchi bu ishni qanday qilganini ham so‘zlab bergan.

Sud hukm chiqardi. Unga ko‘ra, erkakka JKning 97-moddasi bilan 2-qismining “v” va “j” bandlari bilan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.