Rossiyaning Tyumen viloyati ma’muriyati xorijliklarning jamoat transporti va taksi sohasida ishlashini taqiqlab qo’ydi.

Foto: Sputnik

Gubernator Aleksandr Moor imzolagan tegishli hujjat 2022-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.

Hujjatga ko‘ra, 2022-yildan shahar va shahar tashqarisi bo‘ylab yo‘lovchilarni tashish, yengil taksi va yengil avtomobillarni haydovchisi bilan ijaraga berish, avtomobil yuk transporti va tashuv xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarga xorijlik fuqarolarni ishga jalb etish taqiqlanadi.

Taqiqlov Rossiyada patent bilan ishlayotgan barcha migrantlar uchun amal qiladi. Transport korxonalariga 2022-yilning 1-martiga qadar xorijlik xodimlari sonini hujjatda belgilangan ko‘rsatkichga keltirish talabi qo‘yilgan.