Noyabr oyidan buyon Rossiya Afgʻonistonga 100 tonnadan ziyod insonparvarlik yordamini yetkazib berdi, deb xabar qildi Rossiyaning Afgʻonistondagi elchisi Dmitriy Jirnov.

Foto: RIA novosti

“18-dekabr kuni Rossiya mudofaa vazirligining harbiy trasnport samolyoti 36 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va afgʻon xalqiga hozir kerak boʻlayotgan muhim dorilarni olib keldi. Bu bizning insonparvarlik yordamimizning uchinchi partiyasi. Rossiya maxsus samolyotlari yordamida Afgʻonistonga noyabrdan beri jami 100 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami olib kelindi”, degan Rossiya elchisi.

“Qobulda bugun havo -8 daraja sovuq. Insonparvarlik yordami olib kelgan Rossiya harbiy-transport samolyoti bir necha soatdan soʻng afgʻonistonlik Rossiya talabalarini olib qaytadi”, – deyiladi xabar so’ngida.