Qoraqalpog‘istonda haydovchiga bosh kiyimini yechib, puflashni so’ragan YPX xodimiga “qattiq hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Skrinshot

Avvalroq, Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Alako‘z ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z. Madetov bosh kiyimini yechib haydovchi Q.A.dan puflashini so‘raganligi aks etgan video yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida ma’lumot berilgan.

Aniqlanishicha, tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xizmati mobaynida “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX inspektori Z.Madetovga nisbatan “qattiq hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilishi belgilangan.