“O’zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning buyrug’iga asosan, moliyaviy va komplens nazorat departamenti boshlig’i lavozimiga Ahrol Anvarovich Mo’minov tayinlandi.

Ahrol Mo’minov shu paytga qadar “O’zbekneftgaz”AJ moliyaviy va komplens nazorat departamentida boshliq o’rinbosari – bo’lim boshlig’i bo’lib ishlagan.

Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi akademiyasi moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi moliya-iqtisod ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.