Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Foto: Yangi O’zbekiston

Nizomga ko’ra, quyidagilar jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:

  • xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
  • homiylik xayriyalari;
  • prezident yoki hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari;
  • taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Mablag‘lar quyidagilar uchun sarflanadi:

  • ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali markaz kitob fondini kengaytirish;
  • ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot uchun grant ajratish;
  • ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish;
  • kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, konferensiya, seminarlar o‘tkazish;
  • multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish.