Toshkent vaqti bilan 18-dekabr kuni soat 10:42da Tojikiston-Qirg’iziston chegarasida zilzila sodir bo’ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Foto: EADaily

“18-dekabr Toshkent vaqti bilan 10:42da Tojikiston-Qirg’iziston chegarasida zilzila sodir bo’ldi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Tojikiston-Qirg’iziston chegarasida sodir bo’lgan zilzila markazi 40,09 gradus shimoliy kenglik; 70,09 gradus sharqiy uzunlik, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer qimirlash kuchi zilzila markazida 4,6 ballni tashkil qilgan. Zilzila episentri esa Toshkentdan 150 km. janubiy-sharqda.

O’zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

  • Beshariq tumanida 3 ball, 49 km;
  • O’zbekiston tumanida 2-3 ball, 72 km;
  • Bekobod shahrida 2-3 ball, 72 km;
  • Furqat tumanida 2-3 ball, 73 km;
  • So’x tumanida 2 ball, 83 km;
  • Bekobod tumanida 2 ball, 83 km;
  • Shirin shahrida 2 ball, 84 km;
  • Qo’qon shahrida 2 ball, 87 km;
  • Dang’ara tumanida 2 ball, 89 km.