Xojiqo‘zijon Qosimjonovich Isaqov Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlov Farg‘ona viloyati hokimligida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilindi.
Xojiqo‘zijon Isaqov Qo‘shtepa tumanida 1985-yilda tug‘ilgan. 2009-yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2013-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
“Do‘stlik” ordeni sohibi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.
Mehnat faoliyati davomida Marg‘ilon shahridagi “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarining o‘rinbosari, 2013-yildan MChJ rahbari, 2021-yildan buyon “Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Farg‘ona viloyati filiali direktori lavozimlarida ishlagan.