Shu yilning 17-dekabr kuni Fargʻona viloyati IIB YXXB 2-Mintaqaviy hudud YPX komandiri va Oʻzbekiston tumani IIB JQB xodimlari hamkorlikda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.R.ni qoʻlga olishdi.

Foto: Izvestiya

Xabarga ko’ra, Qoʻshtepa tumani IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.S.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 2-batalyon 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan J.X.ni qoʻlga olishgan.

“Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, – deyiladi Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.