Shu yilning 17-dekabr kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishida viloyat hokimi Botir Zaripov sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida jami 27 ta reys tashkil etish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Viloyat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, jami reyslar sonidan 3 tasi ichki yo‘nalishlar: Buxoro – Farg‘ona, Buxoro – Samarqand, Buxoro – Termiz, shuningdek, 24ta xorijiy yo‘nalishlar bo‘ladi.
“Kelgusi besh yilda viloyatga xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimining ortishini hisobga olib, 2026-yilga borib mehmonxonalarning umumiy sonini 679taga yetkazish rejalashtirilgan. 2026-yilga kelib viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni. 5,1 mln.ga yetadi“, dedi Botir Zaripov.
Uning taʼkidlashicha, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida mustaqil sayyohlarni qoʻshganda sayyohlar soni 2,1 million kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan xorijlik sayyohlar soni 41,2 ming nafardan ortiqni tashkil etdi.
Shuningdek, 2022-2026-yillarda viloyatda bo‘lish muddatini uzaytirish uchun 60 ta yangi turistik yo‘nalishlar tashkil etiladi. Viloyatning turistik salohiyati yuqori tuman va shaharlarida. 7 ta “Turistik mahalla”, “Turistlar qishlog‘i” va “Turistlar ko‘chasi” tashkil etiladi.
“Buxoro viloyatida 800dan ortiq madaniy obidalar 7ta Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, tarixiy merosimiz bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Shu bilan birga, Xalqaro oltin va zargarlik buyumlari festivali hamda navbatdagi Xalqaro maqom san’ati festivali viloyatimizda bo‘lib o‘tadi”, dedi viloyat hokimi.