AQShning xavfsizlik bo‘yicha eksperti Endryu Mishta yaqin besh yil ichida buyuk davlatlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lishi mumkin. U o‘z fikrlarini “The Wall Street Journal” maqolasida keltirib o’tdi.

Foto: Sputnik

Unga ko‘ra, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi qarama-qarshilik xavfi avvalgidan ancha yuqori. Qarama-qarshilik, masalan, ikki davlat o‘rtasida Tayvanga egalik qilish bo‘yicha kelishmovchilik tufayli qizg‘in bosqichga kirishi mumkin.

Qayd etilishicha, boshqa qudratli davlatlar Amerika armiyasining bunday urush formatiga tayyor emasligi sababli AQShga qarshi chiqishni xohlaydi. Shu bilan birga, Pentagonga Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish uchun taxminan 15 yil kerak bo‘ladi.

Qolaversa, bugungi kunda G‘arb Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan migratsiya to‘lqinlari, koronavirus epidemiyasi va “madaniy inqilob” tufayli og‘ir ahvolda. 

Ekspertning fikricha, bu omillarning barchasi AQShni sezilarli darajada zaiflashtirgan.

“Bu Vashingtonni podiumdan uloqtirmoqchi bo‘lgan davlatlar uchun imkoniyat oynasini beradi”, – deya so’zlariga yakun yasagan Mishta.