Yaponiyaning Osaka shahrida ro’y bergan yong‘inda 27 kishi halok bo‘ldi.

Foto: Kyodo

Yong‘in temiryo‘l vokzali yaqinidagi binoning 4-qavatida boshlangan. Voqea joyiga 30ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan va yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Binoda klinika, go‘zallik saloni, ingliz tili o‘qitish markazi va bir nechta ofislar bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 27 kishining yuragi va o‘pkasi ishlashdan to‘xtagan. Yaponiyada shifokor tomonidan o‘lim haqida rasmiy xulosa berilmaguncha, o‘lim holati shunday ta’riflanadi.

Ichki ishlar xodimlari yong‘in ataylab uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligi aytishgan. Taxmin qilinishicha, binoda joylashgan klinika xodimlari va unga tashrif buyuruvchilar yong‘in vaqtida tashqariga chiqa olmay halok bo‘lgan.