Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlangani aks etgan tasvirlar tarqalgandi. Toshkent metropoliteni holatga izoh berdi.

Foto: Skrinshot

Ushbu holat 15-dekabr kuni yo‘lovchilar qatnovi tig‘iz bo‘lgan vaqtda “Chilonzor” yo‘lining “Olmazor” – “Buyuk Ipak yo‘li” yo‘nalishlarida yuz bergan.
Vaziyatga aniqlik kiritilishicha, yo‘lovchilar tomonidan eshikka suyanish natijasida, eshikka me’yoridan ortiq yuklama tushishi sababli o‘sha vaqtda vagon eshiklarining “blakiratori” nosoz ahvolga kelgan.

Mashinist ushbu holatdan xabar topgan, ammo, tonnel ichida yo‘lovchilarni ortiqcha vahimaga solmaslik uchun “Xalqlar do‘stligi” metro bekatidan “Paxtakor” metro bekatiga yetib kelgan.

Aynan shu bekatda vagon eshigidagi muammo bartaraf etilgan. Hech qanday baxtsiz hodisa ro‘y bermagan, jabrlanganlar yo‘q.

“Shu o‘rinda, metro yo‘lovchilaridan, vagon eshiklariga suyanmaslik, eshiklar yopilish chog‘ida vagon ichiga va tashqarisiga tomon harakatlanmasliklarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.