Qirg‘iziston mahalliy nashri xabariga ko‘ra, Kocho-Boyu qishlog‘ida tojik chegarachilari qirg‘iz ishchilaridan qurilish ishlarini to‘xtatishni talab qilgan.

Foto: Sputnik

Natijada og‘zaki tortishuv mushtlashuvga aylangan. To‘qnashuv vaqtida tojik chegarachisi to‘pponchadan havoga bir necha marta o‘q uzgan.

Tojikiston mahalliy nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tinch aholiga qarata o‘t ochgan, bunga javoban tojik armiyasining harbiy xizmatchilari ular tomon bir necha marta o‘q uzgan.

Tojikiston chegara vakili mojaroga yoʻl qoʻygan harbiylarga nisbatan chora koʻrilishini maʼlum qilgan. Tomonlar tergov o’tkazishga va xulosa qilish uchun uchrashishga kelishib olishgan.

Hozirga kelib qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat barqarorlashgan.