Bishkekda Qirg‘iziston futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha turnir yakunlandi.

Foto: RIA Novosti

Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra san’at va madaniyat olami namoyandalari – “Onor” jamoasi kubok sohibiga aylandi. Hal qiluvchi uchrashuvda ular “Algu” futbol faxriylarini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. Bronza medali sohiblari esa prezident ma’muriyati jamoasi bo’ldi.

Taqdirlash marosimida Boris Podkorytov (“Olg’a”) eng yaxshi jamoa yetakchisi deb topilgan. Eng chiroyli gol esa Kanat Shabdanboyevga (sport federatsiyalari jamoasi) berilgan.

Turnirning eng yaxshi o’yinchisi sifatida Qamchi Sariboyeva (“Shon-sharaf”), Qanibek Seytaliyev («Olg’a») esa eng yaxshi darvozabon deb topildi. Turnirning eng yaxshi to’purari – Sadir Japarov. U Prezident ma’muriyatida o’ynab, raqiblari darvozasiga to’qqizta gol urgan.

Ma’lumot uchun, bugun Bishkekda Qirg’iziston futbolining 100 yilligiga bag’ishlangan futzal bo’yicha turnir bo’lib o’tdi. Unda ushbu mamlakat rahbari apparati jamoalari, milliy futbol faxriylari, jurnalistlar, sport federasiyalari vakillari, ishbilarmon doiralar, madaniyat arboblari ishtirok etishgan.