Qashqadaryoda erkak xotini tomonidan pichoqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Footo: Google


Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 5-dekabr kuni soat 18:00larda Koson tumani “Qorabayir” MFYda yashovchi E.J. mast holatda turmush o‘rtog‘i M.X.ni haqoratlab, urib-tepib, tomoq sohasidan bo‘g‘gan.

Chorasiz qolgan ayol erini qo‘lidan chiqishga har qancha harakat qilmasin, kuchi yetmaganligi sababli yonida supadagi savat ustida turgan oshxona pichog‘ini olib, turmush o‘rtog‘ining chap qo‘ltiq osti sohasiga bir marta sanchib olgan. Natijada, E.J. olgan og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.