Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-dekabr holatiga respublikamizda 832,4 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Foto: Goole

Ma’lumotga ko’ra, 2021-yilning 11 oyidagi tug‘ilishlar soni 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 64 474 nafarga oshgan.

2021-yilning noyabr oyida respublikamizda jami 79 213 ta tug‘ilish holati qayd etilgan.

30 yilda tug‘ilishlar soni esa 16,4 %ga oshgan.

Shuningdek Mustaqillik yillarida respublika bo‘yicha tug‘ilishlar soni ham aytildi:

  • 1991 yilda – 723,4 ming;
  • 1995 yilda – 678 ming;
  • 2000 yilda – 527,6 ming;
  • 2005 yilda – 533,5 ming;
  • 2010 yilda – 634,8 ming;
  • 2015 yilda – 734,1 ming;
  • 2020 yilda – 841,8 ming.