Markaziy bank 20-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: RIA Novosti

Ma’lumotga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi -18,90 so‘mga pastlab, 10 821,32 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi +1,35 so‘mga qimmatlab, 12 265,97 so‘m bo‘ldi.

Rossiya rubliga keladigan bo’lsak, yuqoridagi kurslardan qolishmagan holda -0,75 so’mga tushib, 146,85 so’mni tashkil etdi.

Foto: Omma

Shuningdek, sal avval 22-dekabrdan chiqarilishi ma’lum qilingan yangi namunadagi pullarda texnik xato aniqlangani haqida xabar berilgan edi.