Statistika qo‘mitasi 2021-yil 15-dekabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

oziq ovqat bozor rasta meva
Foto: Brend

Ma’lumotga ko’ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 – 68 000 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000—80 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 3000—6500 so‘m;
  • piyoz (1 kilogramm) — 1200—4000 so‘m;
  • sabzi (1 kilogramm) — 1000—4500 so‘m;
  • tuxum (10 dona) — 7000—15 000 so‘m;
  • guruch (1 kilogramm) — 4500 —17 500 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 litr) — 13 600—24 000 so‘m;
  • shakar (1 kilogramm) — 7500—10 500 so‘m.

Narxlarni o‘rganishda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari inobatga olingan.