“ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quriladigan 100 MVt. quvvatga ega shamol elektr stansiyasi (ShES) loyihasi bo‘yicha bitimlar imzolandi. Loyiha qiymati 108 million dollarni tashkil etdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Loyihani amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MChJ kompaniyasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib olish shartnomasini imzolagan.

Shuningdek, “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MChJ va “ACWA Power” kompaniyalari Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim (GSA) ham tuzgan.

Qorao‘zak tumanidagi shamol elektr stansiyasi “ACWA Power”  kompaniyasining O‘zbekistondagi to‘rtinchi loyihasi hisoblanadi. Kompaniya, xususan, Sirdaryo viloyatida ikkita bug‘-gaz qurilmasiga ega issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini ham amalga oshirishda hamkorlik qilmoqda.