Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo’limi xodimlari DXX chegara qo’shinlari harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya tezkor xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro A.U. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Yangiqo’rg’on tumanida to’xtatilib, belgilangan tartibda ko’zdan kechirildi.

Ko’zdan kechirish natijasida avtotransport vositasida fuqaro A.O.ga tegishli bo’lgan, sifati kafolatlanmagan hamda tegishli hujjatlari bo’lmagan, umumiy qiymati 180 million so’mlik 1200 dona “Tropikamid 1%” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.