Qidiruvdagi shaxs Vobkent tumani sudi tomonidan 2021-yil 5-noyabr kunidan buyon qidiruv eʼlon qilingan.

Foto: Izvestiya

Kogon shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tumani sudi tomonidan 2021-yil 5-noyabr kunidan buyon qidiruv eʼlon qilingan.

Kogon shahar Buxoroi sharif mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1974-yilda tug‘ilgan G.R. Buxoro shahrida qo‘lga olinib, 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.