AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ismi va familiyasini unutib qo‘ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Ma’lum qilinishicha, voqea Iroq va Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarda qatnashgan harbiy xizmatchilarga “Shon-sharaf” medallarini topshirish marosimida yuz byergan. Minnatdorchilik nutqi chog‘ida Amerika yetakchisi uzoq vaqt davomida Pentagon rahbarining ismini eslay olmagan.

“Bu yerdagi barcha mehmonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, vazir… vazir… vazir Ostinga”, degan Bayden.

Ma’lumot uchun, Bayden avvalroq Liviya va Suriyani, Iroq va Eronni, Barak Obama va Donald Trampni, eskalatsiya va emlashni aralashtirib yuborgan edi.