Bosh prokuratura tomonidan qalbaki pul muomalasi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti axborot xizmati

Aniqlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bank muassasasiga qarashli “Markaz” nomli valyuta ayriboshlash shahobchasiga topshirilgan 2 yevro nominalidagi 2 470 dona 4 940 yevro miqdoridagi tangalar qalbaki ekanligi hamda amaliyot boshqarmasining kassa amaliyotlari va naqd pul muomalasi bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu valyutalar tekshirilmasdan qabul qilinganligi natijasida bank manfaatlariga 59,3 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.