Poytaxtda o‘tkazilgan reyd davomida Malibu-2 to‘xtatilganda haydovchi ayol YPX xodimining qonuniy talabini bajarmay, hujjatlarini ko‘rsatmadi. Shuningdek, u o‘zining tanishini hodisa joyiga chaqirgan.

Foto: Skrinshot

Haydovchi ortidan yetib kelgan ikki nafar shaxs orani ochiq qilmoqchi bo‘lgandek, reydga jalb qilingan xodimlarni haqoratlab, tahdid qiladi.

“E buyoqqa kel. Yop kamerangni. Sindirib tashlab, qo‘lingga ming dollar pul beraman. Keyin yangi sotib olasan”, degan haydovchi ortidan yetib kelgan erkak.

Aniqlanishicha, o‘zini xodim, deya tanishtirgan erkak hech qanday xodim bo‘lmagan.

Haydovchiga tegishli tartibda chora ko‘rilib, Malibu-2 jarima maydoniga qo‘yildi.