IIV YHXBB ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yil 15-dekabr kuni soat 16:00larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o’tgan yo’lda 23 yoshli haydovchi J.N. Howo rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib burilishda boshqaruvni yo’qotgan va transport vositasi ag’darilgan ketgan.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Ag’darilishi tufayli yo’l chetida to’xtab turgan Lacetti va Spark rusumli avtomashinalariga texnik shikast yetgan.

YTH natijasida haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda tuman IIB matbuot xizmati.