Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi haydovchi spirtli ichimlik ichgan yoki ichmaganligini bir marotaba foydalaniladigan stakan orqali tekshirmoqchi bo’lgani aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB munosabat bildirdi.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi xizmat vaqtida Lacetti haydovchisini to’xtatib, mastlik holatini tekshirish uchun bir martalik stakandan foydalanmoqchi bo’lgan YPX xodimi O. Egamberdiyevga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo’llaniladi.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o’tkazilmoqda.

Ma’lumot o’rnida, Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari uchun eski namunadagi 7 dona va yangi namunadagi 16 dona, jami 23 dona mastlik holatini aniqlovchi alkotester moslamalari tarqatilgan.