Qo‘ng‘irot tumanida mahkumni ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar bermoqda.

Foto: Prokuratura departamenti axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.A. manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum F.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 10 ming AQSh dollari evaziga muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishga va’da bergan.

Shundan so‘ng, Sh.A. so‘ralgan puldan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.