Avvalroq, joriy yilning 29-iyul kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida 24 yoshli yigit bir oilaning to‘rt vakilini va uydagi yollanma ishchini vahshiylarcha pichoqlab, o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Toshkent viloyat sudi matbuot xizmatining xabar berishicha, sudlanuvchi Sh.I.ga nisbatan sud hukm o‘qidi.
Sh.I.ga JKning 25,97-moddasi, 119-moddasi 2-qismi “g” bandi, 130-moddasi 2-qismi “a” bandi, 219-moddasi 1-qismi, 140-moddasi 2-qismi, 97-moddasi 2-qismi “a,v,g,j,r” bandlari bilan, 59-moddasi 4-qismi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.