O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabarga ko’ra, Seul shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriyadan to‘plar otildi.

Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Xong Nam Ki va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari – ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar ertaga, 17-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, kun tartibidan O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini va ko‘p qirrali hamkorligini, eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.