2021-yilning 11-dekabr kuniga qadar O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan 2 mlrd. 177 mln. 500 ming so‘m qiymatidagi 5 mln. 947 ming 689 dona pirotexnika vositasi musodara qilingan.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, 54 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 375 ta material sudlarga va 277 tasi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarga yuborilgan. Shuningdek, 6 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 44 ming 429 ta davlat, xalq xo‘jaligi va xususiy tadbirkorlik ob’ektlari hamda fuqarolarning 17 ming 464 ta xonadoni qo‘riqlab kelinmoqda.