Markaziy bank yangi ko’rinishdagi pul birligini muomalaga chiqarilishi to’g’risida qaror qabul qildi.

Foto: Markaziy bank axborot xizmati

Markaziy bank 2021-yilning 22-dekabridan boshlab yangi ko’rinishdagi nominal qiymati 50 000 so’m va 100 000 so’m bo’lgan banknot shaklida pullarni muomalaga chiqarilishi to’g’risida qaror qabul qilinganligini ma’lum qildi.

Mazkur banknotlar mavzusi “Buyuk Ipak yo’li” hamda mamlakat hududidagi Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bag’ishlangan.

Muomalaga chiqarilayotgan yangi ko’rinishdagi qiymati 50 000 so’m va 100 000 so’m bo’lgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bo’lgan 2017-yil namunasidagi 50 000 so’mlik va 2019-yil namunasidag 100 000 so’mlik banknotlar bilan bir qatorda parallel ravishda muomalada bo’ladi.

Ya’ni, 2017-yil va 2019-yil namunasidagi 50 000 so’mlik va 100 000 so’mlik banknotlar ham to’lov qobiliyatini yo’qotmaydi.

Shuningdek, yangi ko’rinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada bo’lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o’z qiymati bo’yicha barcha turdagi to’lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart, deyiladi xabarda.