Uch nafar sudyani Oliy sudning sudyasi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida senatorlar Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.
Konstitutsiyaning 80-moddasi 3-bandi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Shuhrat Muhammadovich Mahmudov, Rustam Raxmonovich Xaydarov va Djamol Jaxonovich Choriyev o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.