Ijtimoiy tarmoqda Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo’lgani va bolaning otasi qizning qarindoshi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Foto: Pexels

Qayd etilishicha, bolaning otasi o’zining qarindoshi ekanligi aytildi. Ammo, hokimlik buni rad etmoqda. Ushbu holat yuzasidan Jondor tuman hokimligi axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ushbu holat 2021-yil 12-noyabrda maktab direktori tomonidan aniqlanib, tuman Xalq ta’limi bo’limi mudiri hamda tibbiyot birlashmasiga holat haqida ma’lumot berilgan.

Tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan tekshirib, holatni va huquq-tartibot idoralari xodimlariga ma’lum qilgan.

“Bolaning otasi qizning qarindoshi ekanligiga yetarli asos yo’q. Chunki, ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko’ra, holat yuzasidan 30-noyabr kuni JKning 128-moddasi (o’n olti yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

18 yoshli yigit bolaning otasi ekanlikda gumon qilinib, tergovga jalb qilingan.

“Ish bo’yicha haqiqatni aniqlashga to’sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, – dedi prokuratura matbuot xizmati rahbari.