WhatsApp ilovasida yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu haqda ilovaning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Tek

“Endi siz “yuborish” tugmasini bosishdan oldin ovozli xabarni oldindan tinglashingiz mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, WhatsApp – bu Meta kompaniyasiga (sobiq Facebook) tegishli dastur bo’lib, u sizga xabarlar, qo’ng’iroqlar, fotosuratlar, videolar, hujjatlar va ovozli xabarlarni yuborish va qabul qilish imkonini beradi.