Tojikiston yil boshidan buyon elektr energiyasi sotishdan 93,5 mln. AQSh dollar foyda koʻrdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.

Foto: Sputnik

Tojikiston elektr energiyani asosan qoʻshni davlatlar – Afgʻoniston va Oʻzbekistonga yetkazib berdi. Eksport esa oʻtgan yilga nisbatan 1,8 barobarga oshdi.

Tojikiston energetika sektori maʼlumotlariga koʻra, eksport hajmi 40,5 mln. dollardan oshdi. Tojikistonda jami 18,7 mlrd. kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 5,7 %ga koʻpdir.

Shuningdek, avvalroq, “Barki Tojik” OAJ Afgʻoniston va Oʻzbekiston elektroenergetika kompaniyalari bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzgani haqida xabar berilgan. Qayd etilishicha, kelishuvga koʻra, bahor-yoz davrida Oʻzbekiston va Afgʻonistonga 3 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi eksport qilinishi rejalashtirilgan edi.