O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida bugun, 15-dekabr kuni dollar kurslarining rekordi yana yangilandi.

Bugun, 15-dekabr kuni tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 10 790 – 10 840 so‘mni, sotib olish kursi 10 890 – 10 900 so‘mni tashkil qilmoqda.
Quyida dollarning yangi kursini o‘rnatgan ba’zi banklar ro‘yxati:
- Infinbank: sotib olish – 10 840, sotish – 10 900;
- Ipak yuli bank: sotib olish – 10 800, sotish – 10 900;
- Davr bank: sotib olish – 10 790, sotish – 10 900;
- Asia alliance bank: sotib olish – 10 830, sotish – 10 890;
- “Savdogar bank”: sotib olish — 10 820, sotish — 10 900;
- NBU: sotib olish – 10 840, sotish – 10 900.
Ma’lumot uchun, dollarning rasmiy kursi 15-dekabrdan 10 845 so‘mni tashkil qilmoqda.