Ijtimoiy tarmoqlarda “Chiroqchi tumani Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer astalik bilan cho‘g‘ bo‘lib yonishda davom etmoqda. Yonish yer tagidan chiqmoqda. Yonishni to‘xtatib bo‘lmayabdi. Yomg‘ir yog‘ganda kuchayadi deyilmoqda” sarlavhasi ostida videotasvirlar tarqalgan edi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ushbu holat yuzasidan ma’lum qilishicha, qishloq hududidagi yerdan chiqiayotgan tutun Chiroqchi tuman nazorat isnpeksiyasi inspektorlari, tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi, Hududgaz ta’minot tuman filiali xodimlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida taxminan 0,10ga yer maydon avval yonib o‘chganligi va hozirda kunda taxminan 0,01ga yer maydoni ustidan tutun chiqib atrofga badbo‘y hid tarqalayotganligi kuzatildi.

O‘rganish davomida ushbu qishloqda yashovchi oqsoqollar bu joy taxminan 50-70 yillar oldin chuqurlik joy bo‘lib, qamishzor bo‘lganligi va yillar o‘tib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganligi ta’kidlandi.

Ushbu holat bo‘yicha Geologiya sohasi mutaxassislarining o‘rganish o‘tkazib xulosalari taqdim qilingunga qadar, dastlabki xulosa yer ostidagi qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida ushbu holat yuzaga kelganligi bo‘yicha dastlabki xulosa qilindi.