Moskva politsiyasi mast holda kelib, kuryerning bo‘yniga pichoq bilan urgan shaxsni qo‘lga oldi.

Foto: Interfax

“Ushbu fakt bo’yicha politsiya Kemerovo viloyatida tug’ilgan fuqaroni qo’lga oldi. Voqea joyida u mast holatda bo’lganligi aniqlangan.

Aniqlanishicha, jamoat joyida mast holda yurganligi sababli Vixino-Julebino ichki ishlar boshqarmasiga bo’limiga olib ketilgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jabrlanuvchi shifoxonaga bo‘yin qismidan pichoq jarohati sababli Inozemtsev nomidagi shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda jabrlanuvchi haqida hech qanday ma’lumot yo’q.

Xabarga ko’ra, holat kecha Samarqand bulvaridagi avtobus bekatida sodir bo‘lgan.

Ushbu voqea sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.