Nutritsiolog RIA Novostiga bergan intervyusida jigar uchun eng zararli va xavfli mahsulotlarni sanab oʻtdi.

Foto: Sputnik

“Jigar, shuningdek, tanamizning boshqa aʼzolari salomatligi uchun tarkibida koʻp miqdorda hayvon yogʻi boʻlgan – sariyogʻ, kolbasa, yogʻli goʻsht oʻrdak kabi – oziq-ovqatlarni cheklanish tavsiya etiladi. Bunday mahsulotlardan butunlay voz kechish shart emas, biroq meʼyorda isteʼmol qilish kerak”, – deydi Mixaylenko.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, koʻp tuz isteʼmol qilish jigarga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, kattalar uchun tuzning bir sutkadagi dozasi 5 grammdan oshmasligi lozim.

Shuni ham unutmaslik kerakki, tuz asosan kolbasa, dudlangan goʻsht, sosiska kabi goʻsht mahsulotlarida “yashiringan” boʻladi. Shuningdek, tuzli pishloq, chips, konserva mahsulotlarida ham tuz miqdori koʻp.

Ularga sogʻlom almashuv sifatida uy sharoitida qilingan qaynatilgan kurka goʻshti, sabzavotlar, tvorogli pishloq va kam tuzlangan baliqdan tayyorlangan buterbrod isteʼmol qilish mumkin.

Shuningdek, shifokor alkogol mahsulotlarining jigarga yomon taʼsir qilishini eslatib oʻtdi.

Alkogol tana faoliyatiga qoʻshimcha yuk boʻladi, bu esa tana funksiyalari yomon ishlashiga taʼsir qiladi. Shuning uchun spirtli ichimliklarni keragidan ortiq isteʼmol qilish mumkin emas, undan butunlay voz kechgan yaxshi. Jigar salomatligi uchun achchiq va qovurilgan mahsulotlardan ham voz kechish lozim.

Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, ovqat pishirishda kamroq yogʻ ishlatgan maʼqul. Masalan kartoshka fri, qovurilgan goʻsht, tolqon bilan pishirilgan baliq, yogʻda qovurib tayyorlangan pishiriqlar. Ovqatni silikon qoliplarda yogʻsiz qovurish, dimlash – eng yaxshi usul.

“Bu bilan nafaqat jigar, balki butun organizm salomatligini saqlagan boʻlasiz”, – deydi shifokor.