Farg‘onada haydovchi yong‘in chiqqan Damas ichida qolib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Kecha, 14-dekabr kuni soat 20:00larda, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan “Yog‘du” qaxvaxonasi ro‘parasida haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan R.X. Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib, chapga burilish vaqtida ro‘paradan kelayotgan haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormaganligi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Zarb oqibatida “Damas” avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli R.X. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB Tergov bo’limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.