Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-dekabr kuni xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilganiligi haqida xabar bergan edik.

Foto: Gazeta

Bugungi videoselektorda shaharlarda aksariyat maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rinlar yetishmayotgani aytib o’tildi

Shu sababli xususiy ta’lim xizmatlari qamrovini kengaytirish, maktab va bog‘cha qurish uchun yer maydonlarini ajratish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar berildi.

Toshkent viloyati tajribasi asosida har bir viloyatda yoshlarni zamonaviy xizmatlarga o‘qitadigan IT-akademiyalar tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

Umuman, mazkur 35 ta shahar va tumanda xizmat ko‘rsatish sohasida 200 ming ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda.