Ijtimoiy tarmoqda Sergeli tumanida yo’lovchi tashuvchi avtobus yonayotgani haqida malumot tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan tuman favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo’lishicha, bugun soat 15:21da Toshkent shahar Sergeli tumani Do’stlik 1-dahasida, 47-yo’nalish bo’yicha harakatlanayotgan avtobusda yong’in sodir bo’lganligi to’g’risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Unga ko’ra, 2 ta o’t o’chiruvchi ekipaj soat 15:25da voqea joyiga yetib borib, soat 15:34da yong’in bartaraf etilgan.

Yong’in natijasida avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo’lganlar yo’q.

Holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan yong’in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.