Mazkur porani olishda vositachilik qilgan shaxs ham qo’lga tushgan. Bu haqda IIV matbuot xizmatining xabar berdi.

Joriy yilning 7-dekabr kuni IIVga J.M. ariza bilan murojaat qilib, arizada Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan to’liq qurib bitkazilmagan ko’p qavatli uylardan xonadonni ipoteka krediti asosida sotib olish maqsadida “Mirokreditbank” ATB Toshkent filialiga borgan.

Ammo, bankning “chakana xizmatlar” bo’limi boshlig’i Z.Sh. uning nomiga 7 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti ajratib berish evaziga 2 ming AQSh dollar berishini talab qilib, pullarni uning tanishi X.Ya. ga berib qo’yishni aytgan.

Shundan so’ng, J.M. ning arizasiga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani 2-mavzesi Arnasoy ko’chada X.Ya. ariza muallifidan 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib va Z.Sh. ham qo’lga olingan, so’ng surishtiruv ishlarini boshlagan.

X.Ya. va Z.Sh.ga nisbatan JKning 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, hozirda Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.