Respublika tijorat banklarida AQSh valyutasini sotish va sotib olish kurslari yana oshdi.

Foto: Google

Bir qator banklarda dollar olish 10 760 – 10 820 so‘mdan, sotish 10 880 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu esa navbatdagi maksimal ko‘rsatkich.

So‘nggi marta banklarda dollar kursi kecha jiddiy ko‘tarilgan edi.
13-dekabr kuni 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 860 so‘mni tashkil qildi.

Kecha shuningdek, Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qilgandi.

Unga ko‘ra, bir dollar 10 826 so‘m 29 tiyinni tashkil qildi.