Avvalroq, Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopilganligi haqida xabar bergan edik.

Foto: Google

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.

FVV matbuot xizmatining xabariga ko’ra, Faqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zururiy tadbirlar natijasida soat 08:20 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi.