Davlat statistika qo‘mitasining taqdim etgan ma’lumotlariga ko’ra, O‘zbekiston 10 oyda 31 ta davlatga yeryong‘oq eksport qilgan.

Foto: Google

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 18,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 17 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

Yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 10,5 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2021-yilning 10 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 4,6 ming tonna;
  • Rossiya – 2,4 ming tonna;
  • Ozarbayjon – 2,3 ming tonna;
  • Xitoy – 2,2 ming tonna;
  • Qirg‘iz R. – 1,7 ming tonna;
  • Ukraina – 811 tonna;
  • Afg‘oniston – 752 tonna;
  • Turkmaniston – 635 tonna;
  • Pokiston – 415 tonna;
  • Belarus R. – 264 tonna;
  • Niderlandiya – 252 tonna.

Hududlar bo‘yicha yeryong‘oq eksporti hajmi quyidagicha:

  • Samarqand viloyati – 4,1 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 2,5 ming tonna;
  • Farg‘ona viloyati – 2,2 ming tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 1,7 ming tonna;
  • Namangan viloyati – 1,6 ming tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 1,0 ming tonna;
  • Toshkent shahri – 892 tonna;
  • Andijon viloyati – 865 tonna;
  • Xorazm viloyati – 809 tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 494 tonna;
  • Jizzax viloyati – 469 tonna;
  • Navoiy viloyati – 235 tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 65 tonna;
  • Buxoro viloyati – 61 tonna.

Qo’shimcha qilinishicha, O‘zbekiston qiymati 747,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,2 mln. tonna meva va sabzavotlar ham eksport qilgan.